Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-01-25 12:00:00 131 Chop etish

BOG‘OT TUMANI HOKIMI HAMDA TUMAN IIB BOSHLIG‘I TA’LIM DARGOHLARIDA ISSIQLIK TIZIMINI DOIMIY NAZORAT QILMOQDALAR

Tuman rahbari Shavkat Yaxshibayev, IIB boshlig‘i, podpolkovnik Ergash Ahmedov, TXTB mudiri Go‘zal Raximova, shuningdek qish mavsumini betalofat o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sinf va foyelarining haroratini nazorat qilinmoqda. Maktablarda dars jarayonlari boshlangani uchun har kuni o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda, hokim va shtab a’zolari ilm dargohlarida qish mavsumini betalofat o‘tkazilishini ta’minlash uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqdalar, gaz bosimi holati ilm dargohlarida yaxshilanishi, ko‘mir zaxirasi mavjudlugi o‘rganilib, har soatda tuman hokimiga Bog‘ot tumani Xalq ta’limi bo‘limi rahbari G.Raximova maktablardagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot berib bormoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati