Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-01-19 11:30:00 126 Chop etish

BOG‘OT TUMANI HOKIMINING AHOLI BILAN QABULI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirokida hokimlik binosida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazmoqda.

Qabul ertalab soat 9.00da boshlandi, ayni damgacha fuqarolardan turli masalalar bo‘yicha 28 ta muammolarni hal etish haqida murojaatlar tushib, 5 tasi ish bilan ta’minlash, 3 tasi moddiy yordam ajratish, 8 tasi elektr ta’minoti, 1 tasi to‘lov kontraktini to‘lash, 4 tasi sog‘liqni saqlash, 2 tasi kadastr, 4 tasi gaz va 1 tasi dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish masalalariga taalluqli bo‘lib, ularning 5 tasi joyida qanoatlantirildi qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bugun qabuldan so‘ng, mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan hamda yakka- yolg‘iz yashovchi fuqarolar holidan xabar olish ishlari rejalashtirildi.
Ayni damda tuman hokimining fuqarolar qabuli davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi
axborot xizmati