BOG‘OTLIK YOSHLAR MEHNAT BOZORI TALAB ETAYOTGAN KASBLARNING MOHIR USTASI VA CHILANGARLIK HUNARI EGASI BO‘LISHMOQDA
Xorazm viloyati Bog'ot tuman 1-son kasb-hunar maktabida "WorldSkills" chempionatiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha kasb-hunar maktabi bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqada 13-21 "Payvandlovchi" guruhida ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok qildilar.
O'quvchilar musobaqada fanlardan hamda amaliyotda egallagan bilimlari bo'yicha ikkita metal plastinani bir biriga 90 gradus qilib payvandlash va ikkita qalin metal plastinani bir-biriga uchma-uch qilib payvandlash, ikkita metal quvurlarni bir-biriga uchma-uch qilib payvandlash bo'yicha bellashdilar.
O‘'quvchilar o'z ishlari bilan hammani lol qoldirdilar va qanchalik mahoratli ekanliklarini namoyon etdilar.
Musobaqa so'ngida g'olib bo'lgan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi. Musobaqada 1- son kasb-hunar maktabi yoshlari hunar o‘rgatayotgan ustozlariga minnatdorlik izhor etishdi.