Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-06-05 12:25:00 121 Chop etish

Endilikda maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–99-son qaroriga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.
Shunga koʻra, 2023-yil 1-maydan huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-sentabrdan:
- sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
- bu boʻyicha maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.


Bog‘ot tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i S.Qalandarov