Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-05-27 12:45:00 100 Chop etish

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

Bog‘ot tumani hokimi topshirig‘iga asosan hokim o‘rinbosari Dilafruz Abdullayeva boshchiligidagi ishchi guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi borligi sababli tuman hokimiga aravacha so‘rab murojaat etgan oilalar holidan xabar olishdi.

Ehtiyojmand shaxslarning murojaatlariga asosan, “Qulonqorabog” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga va ularning farzandlariga nogironlik aravachasi topshirildi. “Ayollar daftari” da turuvchi Qulanqorabog‘lik rus millatiga mansub eldoshimiz Marina Quryozova nabirasi Nurmuhammad Murotovga etkazib berilgan nogironlik aravachasi uchun minnatdorlik izhor etdi.

Bundan tashqari hokim o‘rinbosari mahallada yashovchi xotin-qizlarning murojaatlarini eshitib, dildan suhbatlashdi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati