Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-06-05 12:23:00 112 Chop etish

INTERNETDA TUHMAT QILGANLIK UCHUN 132 MLN SO‘M JARIMA BOR!

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismiga ko‘ra nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari (66 mln so‘m)dan to‘rt yuz baravari (132 mln so‘m)gacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Tuhmat - bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish.


Bog‘ot tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i S.Sh.Qaladarov