Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-05-29 09:45:00 128 Chop etish

OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH-HAYOT UCHUN XAVFLI

Bog‘ot tumani hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Jahongir Nazarovning 2023-yil 17-maydagi FM-4-775-sonli buyrug‘iga asosan shu yilning 25-may kunidan 25-sentyabr kuniga qadar «Suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish oyligi» deb e’lon qilindi.

Ushbu buyruqning ijrosi yuzasidan Bog‘ot tumani FVB xodimlari tomonidan yoz mavsumi davrida tumanda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tumanning markaziy ko‘chalariga, ariq, kanallar bo‘yiga “CHO‘MILISH TAQIQLANADI” ogohlantiruvchi bannerlari, belgilari o‘rnatilib, belgilanmagan, qo‘riqlanmaydigan ariq, kanallarda cho‘milayotgan voyaga yetmagan fuqarolar bilan tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bundan tashqari «Suv havzalari va ommaviy cho‘milish joylarida xavfsizlikni ta’minlash» мavzusida tuman FVB binosi oldida yig‘in o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar belgilab olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati