Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-01-24 10:10:00 140 Chop etish

SEN YOLG‘IZ EMASSAN O‘ZIMNI BOLAM!

Inson hayoti sinovlarga va sir- sinoatlarga to‘la.

Bog‘ot tumani «Hurriyat» mahallasida yashovchi Zarinaxon, Xaydarbek, Boburjon, Olimjon Mustafoevlar yosh paytida otasi va onasining bevaqt bu dunyoni tark etganliklari sababli amakisining qaramog‘ida qolganlar. Bugun rahmatli Turdiali akaning
to‘rtala qora ko‘zlarining quvonchlari olam-olam. Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev, tuman IIB rahbari, podpolkovnik Ergashbek Ahmedovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 26-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bolgan bolajonlarning xonadonlariga yotoqxona mebellari, stol, stullar, kiyim javonlarini etkazib berdilar. Ota-onasidan erta ajralib qolgan «Yosh o‘smir» mahallasida yashayotgan Shaxzodbek Botirov, «Oltinqum» shaharchasida yashayotgan Sevinchoy Sapaeva, «Hurriyat» mahallasida yashovchi Alijon Atabaev, «Oq tepa» mahallasida yashovchi Suxrobjon Raximberganov, «Yangi qadam» mahallasida yashovchi Sevinchoy Yoldosheva, «G‘alaba» mahallasida yashayotgan Shaxzodbek Ozodovlarga tumanimiz hokimi va IIB boshlig‘i samimiy tilaklar bildirishdi, ularning kelajakda
O‘zbekistonimizning munosib farzandi bo‘lishlarini, oliygohlarga kirishlarini a’lo o‘qishlarini istab chiroyli tilaklar bildirdilar hamda mebellar to‘plamini oz egalariga topshirdilar. Suhbat davomida, bolajonlar mehmonlarga o‘zlari sevib o‘qigan eng sevimli ertaklaridagi yaxshilik olib keladigan farishtalar haqida gapirib berishdi, xursand kayfiyatda ko‘ngillari shod bo‘lganini aytib Prezidentimiz e’tiboridan otalarcha betakror g‘amxo‘rligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Bog‘ot tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri A.Jumaniyozov

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI