Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-05-26 10:50:00 100 Chop etish

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 93-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidagi quyidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi:

1.Bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida;

2. Tuman hokimining “S.M.Xo‘janiyozovni Bog‘ot tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 22-may 346-12-170-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;

3. Tuman hokimining “A.R.Bekchanovni tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-may 345-12-170-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida;

5. Bog‘ot tumanida davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

6. Bogʻot tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida;

7. Bog‘ot tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida;

8. Bog‘ot tumanida shakllangan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputatligiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha nomzodlar orasidan saylovda g‘olib chiqqan “6-I.Jobborov” saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan tuman “Faxriylar klubi” raisi Shavkat Nurullayevning, “24-Yangi Qadam” saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Bog‘ot tumani hokimi Nazarov Jahogir Baxramovichning, “27- Oq oltin” saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi o‘rinbosari -apparat rahbari Egamov Olimboy Sharipboyevichning hamda “30-Nayman” saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan “Shermat-Akmaljon” MCHJ rahbari Matchanov Shermat Madiyorovichlarning deputatlik vakolatlari tasdiqlandi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI