Bog‘ot tumani Ashxobod mahallasi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mahalla” tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritdi | bagatdistrict.uz

 2024-04-23 17:50:00 29 Chop etish

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan e’lon qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mahalla” onlayn tanlovida Bog‘ot tumani Ashxobod mahallasi 6313 ta ovoz bilan 1-o‘rinni egalladi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan mahallalar raislariga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan Ozarbayjonga bir martalik sayohat uchun yo‘llanma taqdim etiladi. Shuningdek, 4, 5, 6-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan mahallalar 50 tadan kitob jamlanmalari bilan taqdirlanadilar.