Voleybol bo’yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-18 16:43:00 18 Chop etish

Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi"ning Bog’ot tuman bosqichi o‘tkazildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvlar yakunida tuman IIB boshlig‘i musobaqada faol ishtiroklari uchun barcha yoshlarga minnatdorchilik bildirib, g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.