"Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichi o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-20 16:15:00 18 Chop etish

Mahallalarda istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan yoshlar o’rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Bog’ot tuman bosqichi o’tkazildi.

Yuqori saviyada tashkillashtirilgan musobaqalarda ishtirok etgan 53 nafar yoshlar sportning “Para yengil atletika”, “Para shaxmat”, “Para shashka” va “Para stol tennisi” turlari boʻyicha bellashishdi. Bahslar yakunida gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandilar.