Tadbirkorlar bilan uchrashuv | bagatdistrict.uz

 2024-04-23 03:25:00 39 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani Kadastr agentligi binosida respublika “Mikrokreditbank” ichki nazorat departamenti rahbari Ulugʻmurod Xolbekov, tuman Savdo sanoat palatasi rahbari Farrux Ernazarov va “Mikrokreditbank” Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, shuningdek, biznesni yanada rivojlantirishga toʻsiq boʻlib turgan muammoli masalalar haqida so‘z bordi. Muloqot yakunida tadbirkorlar faoliyatida ro‘y berayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritilishi belgilab olindi.