Sayyor qabul | bagatdistrict.uz

 2024-04-18 12:30:00 21 Chop etish

Bugun Navro'z mahallasida Bog’ot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi o’rinbosari, tumandagi barcha tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning davolanish, moddiy yordam, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, uy-joy taʼminoti masalalari boʻyicha murojaatlari birma-bir muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, qabul davomida fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi