Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi | bagatdistrict.uz

 2024-04-20 17:50:00 21 Chop etish

Sessiya kun tartibiga Bog‘ot tumanida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirish taklif qilinayotgan investitsiya loyihalari, “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, 2024-yil yozgi sug‘orish mavsumida suvdan samarali foydalanish, tumanda shakllangan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shunda so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.