“HAJ” VA “UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

QARORI

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
  3. Fuqarolarning “Umra” safariga borishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2018-yildan boshlab har yilgi “Umra” safari kvotasi olti mingdan o‘n mingga oshirilsin.
  4. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolishi belgilab qo‘yilsin.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlarini (ruhiy-asab, narkologik, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy ko‘rik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul amalga oshirishni ta’minlasin.
  6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi aviaqatnovlarida fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish-kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tadbirlar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rsin.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.

Belgilab qo‘yilsinki, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning ro‘yxati asosida ularni “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib boradilar.

Tuman (shahar)lardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hozirgi vaqtga qadar mazkur o‘zini o‘zi boshqarish organlarida navbatda turgan ziyoratchilarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, xatlov natijalari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxatlarni tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlarga taqdim etsin.

  1. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’atlar bilan birgalikda har yili “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar kvotasining ro‘yxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib, mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlasin.
  2. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’atlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari hamda “Haj” va “Umra” safarlariga boradigan fuqarolarning kvotasi va uning hududlar bo‘yicha taqsimoti haqida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. “Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq tadbirlar, Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishiga, xususan “Mahalla” telekanali imkoniyatidan ko‘proq foydalanishga e’tibor qaratsinlar.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 7-iyun,

364-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga
ILOVA

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  2. “Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligi (keyingi o‘rinlarda Saudiya Arabistoni deb ataladi) Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

“Umra” tadbiri O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoni bilan tashkil qilingan Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) bilan kelishgan holda har yili imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Haj” va “Umra” tadbirlarini ado etuvchi dindorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 20-maydagi PQ-869-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) Bosh konsulxonaning “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashesi (keyingi o‘rinlarda Bosh konsulxonaning attashesi deb ataladi) Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” tadbirlariga borgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda ziyoratchilar deb ataladi) tadbirlarni to‘liq bajarishida hamda ularning xavfsizligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
  2. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
  3. “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni va ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’uldir.
  4. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uchun ajratilgan o‘rinlar, to‘lovlarning miqdori va boshqalar) muntazam ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

2-bob. Jamoatchilik kengashi, hay’atlar va tashkiliy guruhlarning tashkil etilishi, ularning tarkibi, vazifalari

  1. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlari:

respublika miqyosida Jamoatchilik kengashi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’atlar (keyingi o‘rinlarda hay’atlar deb ataladi);

tuman (shahar)lar miqyosida tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlar (keyingi o‘rinlarda tashkiliy guruhlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.

  1. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga muvofiq amalga oshiradi.
  2. Hay’atlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.

Hay’atlar quyidagi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari (hay’at raisi);

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakili;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi rahbari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i;

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi vakili;

Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmasi rahbari;

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining hududiy bo‘linmasi rahbari.

  1. Quyidagilar hay’atlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oldingi tahrirga qarang.

“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralash ishlarini Haj mavsumidan kamida besh oy avval boshlashni tashkil etish;

“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini hamda ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilinishini ta’minlash;

ziyoratchilarning to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash;

jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda hamda mahallalardagi yo‘ldan adashganlarni sog‘lom e’tiqodga qaytarishda alohida namuna ko‘rsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga borishiga tavsiya berish;

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

tegishli hududda davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;

tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilish vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish;

ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq Jamoatchilik kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvota asosida tumanlar (shaharlar) bo‘yicha kvotani ishlab chiqish hamda har yili tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda Jamoatchilik kengashiga mazkur ro‘yxat va kerakli hujjatlarni taqdim etish;

tegishli hududdagi fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun chet elga chiqish jarayonini hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida ziyoratchilarning shaxsiy ma’lumotnomalari yagona bazasini yuritish;

ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlarining qoplanishi uchun Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasiga qo‘shimcha tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha alohida smeta ishlab chiqish va tasdiqlash;

tegishli hududda diniy va konfessiyalararo bag‘rikenglikni targ‘ib etish, islomning an’anaviy hanafiy mazhabiga zid bo‘lgan radikal-ekstremistik mafkuralarning o‘z mohiyati bo‘yicha buzg‘unchi ekanligini fosh qilishga doir O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish.

  1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklari hay’atning ishchi organi funksiyasini bajaradilar.
  2. Ishchi organ quyidagi ishlarni tashkil etadi:

hay’at tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida ziyoratchilarning chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirilishini ta’minlash;

to‘lovlarni (Saudiya Arabistonida har bir “Haj” va “Umra” ziyoratchisi uchun shartnomaga ko‘ra sarflanadigan xarajat, aviachiptalar, vaksinalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, “Haj” va “Umra” qo‘llanmasi va DVD disk, ziyoratchilar kiyim-kechagi, sumka va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlarni) ziyoratchilar tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) naqd yoki naqd pulsiz tartibda milliy valyutada o‘tkazilishini ta’minlash;

ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, ular bilan safaroldi mashg‘ulotlari o‘tkazish;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini amalga oshirish.

  1. Tashkiliy guruhlar tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuman (shahar) hokimlari tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.

Tashkiliy guruhlar tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari (tashkiliy guruh raisi), bosh imom-xatib, ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

  1. Quyidagilar tashkiliy guruhlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tegishli tuman (shahar)da davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” ibodatlari bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

tegishli tuman (shahar)da ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;

tegishli tuman (shahar)da “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilishi vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish;

ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq hay’atlar tomonidan tuman (shahar) bo‘yicha taqdim etiladigan kvota asosida hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kvotani belgilash hamda tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda tegishli hay’atlarga mazkur ro‘yxat va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etish;

tegishli tuman (shahar)lardagi fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun chet elga chiqish jarayonini hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida ziyoratchilarning shaxsiy ma’lumotnomalari yagona bazasini yuritish;

tegishli tuman (shahar)da diniy va konfessiyalararo bag‘rikenglikni targ‘ib etish, islomning an’anaviy hanafiy mazhabiga zid bo‘lgan radikal-ekstremistik mafkuralarning o‘z mohiyati bo‘yicha buzg‘unchi ekanligini fosh qilishga doir O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. 141. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi).

Oldingi tahrirga qarang.

Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tuman bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari kiritiladi.

(141-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)

(141-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Jamoatchilik kengashi, hay’atlar, tashkiliy guruhlar va ishchi guruhlar o‘zlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.

(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

3-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishida davlat hamda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq faoliyati monitoringini olib borish hamda bu haqda Jamoatchilik kengashiga axborot berish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarining tayyorlanishida ishtirok etish;

hay’atlar tomonidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatining tuzilishini, ziyoratchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, emlanishini, ularga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerining olinishini va “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda islom ahkomlari va shariat qonun-qoidalarini biladigan, jamoat ishlarida faol bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari orasidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari, shuningdek, tibbiy xodimlar, tajribali oshpazlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlari hamda mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil qilish;

“Haj” va “Umra” mavsumida hududlarda ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash, shu jumladan ziyoratchilarning tasdiqlangan jadval asosida Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va u yerdan qaytib kelishlarini nazorat qilish;

“Haj” va “Umra” mavsumi davomida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarni to‘la-to‘kis bajarib kelishini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lish, ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilar guruh rahbarlarining faoliyatini nazorat qilish.

  1. Quyidagilar O‘zbekiston musulmonlari idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Bosh konsulxonaning attashesi yordamida Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona, transport va oziq-ovqat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-sayti orqali “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimiga (keyingi o‘rinlarda ziyoratchilarning onlayn navbat tizimi deb ataladi) shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimni doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlash;

har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarini tayyorlash va Jamoatchilik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;

“Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan bir oy oldin ziyoratchilarni emlash uchun vaksina yetkazib beruvchi, ziyoratchilar uchun kiyim-kechak va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun alohida-alohida tender (tanlov) o‘tkazish va tender (tanlov) xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritib, Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tender (tanlov)da g‘olib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;

ziyoratchilarni emlash uchun zarur miqdordagi vaksinalarning tegishli tashkilotlar tomonidan hay’atlar belgilaydigan tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazilishini va ziyoratchilarni emlashni tashkil etish;

joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning O‘zbekiston musulmonlari idorasi maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) qabul qilinishini ta’minlash;

ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan xorijiy tashkilotlarga to‘lanadigan mablag‘larning o‘z vaqtida konvertatsiya qilinishini hamda ushbu mablag‘larning Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishini ta’minlash;

ziyoratchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish (pasportlarning arab tilidagi nusxasini tayyorlash) va ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi orqali vizalar olinishini ta’minlash;

ziyoratchilarning O‘zbekiston Respublikasidan Saudiya Arabistoniga va Saudiya Arabistonidan O‘zbekiston Respublikasiga borish-kelishlari yuzasidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda aviaqatnovlar jadvallarini ishlab chiqish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan tegishli shartnomalarni imzolash hamda ziyoratchilarning safardan kamida o‘n besh kun oldin ushbu aviaqatnovlar jadvali bilan tanishtirilishini ta’minlash;

“Haj” va “Umra” mavsumida ziyoratchilarning guruh rahbarlari ro‘yxatini tuzib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish;

ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish;

ziyoratchilarning guruh rahbarlari tomonidan ziyoratchilarning “Haj” va “Umra” amallarini to‘liq ado etishlari maqsadida ziyorat joylarining maketlari yordamida hamda taqdimot shaklida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash;

tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida “Haj” va “Umra” tadbirlari to‘g‘risida bosma va video qo‘llanmalarni tayyorlash hamda ziyoratchilarga safardan kamida o‘n besh kun oldin yetkazib berish;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi va u yerdan qaytishi jadvaliga qat’iy rioya etishlarini ta’minlash;

“Haj” va “Umra” mavsumlari oldidan ommaviy axborot vositalari orqali muqaddas joylarga ziyoratga borish tartib-qoidalari, ziyoratlarning mazmun-mohiyati haqida, shuningdek fuqarolarning noqonuniy yo‘llar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishga urinishlarining oldini olishga doir keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish.

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

ziyoratchilarga belgilangan tartibda chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;

ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida, shuningdek ziyoratchilar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari bilan safaroldi uchrashuvlari va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini va jamoat xavfsizligini ta’minlash. Ziyoratchilarning belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanishini yo‘l-patrul xizmati kuzatuvida amalga oshirish;

ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni kuzatish va kutib olish guruhi bilan bevosita hamkorlikda ish olib borilishini ta’minlash.

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

ziyoratchilarni emlash uchun vaksina yetkazib beruvchi tashkilotni tanlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan o‘tkaziladigan tender (tanlov)ni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qo‘yilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ziyoratchilarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash va Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi talablaridan kelib chiqib ziyoratchilarga emlanganlik to‘g‘risida tibbiy sertifikatlar taqdim etilishini ta’minlash. Bunda ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha bosqichlarini (ruhiy-asab, narkologik, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy ko‘rik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul amalga oshirilishini ta’minlash;

ziyoratchilar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tayyorlash, hamda mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning ishchi guruh vakillari ko‘magida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar bilan birga yuborilishini ta’minlash;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlar nomzodlari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish. “Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlar ro‘yxati Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng mazkur tibbiy xodimlar bilan safaroldi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

“Haj” va “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini, profilaktika ishlari amalga oshirilishini tashkil etish.

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Saudiya Arabistoni Haj vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining har yilgi Jidda shahriga safari bilan bog‘liq tashkiliy ishlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlik qilish;

ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan vizalar rasmiylashtirilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga amaliy yordam ko‘rsatish;

Bosh konsulxonaning attashesi ishtirokida “Haj” va “Umra” tadbirlari bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni o‘z vaqtida legallashtirishni amalga oshirish;

“Haj” va “Umra” mavsumlari davomida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarni to‘la-to‘kis bajarib kelishini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi mutasaddi tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatiga binoan joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan qabul qilingan mablag‘larni o‘z vaqtida konvertatsiya qilib, Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilotining hisobvaraqlariga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘z vaqtida o‘tkazishni tashkil etadi.
  2. Quyidagilar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan ziyoratchilarni tashish yuzasidan shartnomalar tuzish hamda Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish va olib kelish bo‘yicha aviaqatnovlar jadvallarini Saudiya Arabistonining mutasaddi tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni tegishli yo‘nalishlarda tashishni tashkil qilish;

“Haj” va “Umra” tadbirlari yil davomida doimiy amalga oshirilishini hamda mazkur ziyoratlarga boradigan fuqarolarning soni ko‘pligini inobatga olib, ziyoratchilar uchun turli noqulayliklar va qiyinchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida aeroportda ziyoratchilarga samolyotning uchish vaqtini kutish, dam olish, ovqatlanish, ibodat qilish imkonini beradigan alohida bino ajratish;

“Haj” mavsumida mehmonxonalarda ziyoratdan qaytayotgan ziyoratchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning yuklarini qabul qilish choralarini ko‘rish;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida ishtirok etish.

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

aeroportlarda ziyoratchilarning yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;

“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash;

aeroportlar orqali harakatlanayotgan “Haj” va “Umra” ziyoratchilarining respublikadan uchib ketishlari va unga uchib kelishlarida qulayliklar yaratish, bojxona nazorati zonasida uzoq vaqt turib qolishlarining oldini olish maqsadida aeroportlarning uchib ketish va uchib kelish zallarida alohida yo‘lakchalar ajratilib, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish;

“Haj” va “Umra” ziyoratiga uchib ketayotgan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida oldindan tarqatilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasiga zarur miqdorda Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi blankalarini ajratish;

“Haj” ziyoratchilarining uchib kelishlarida bojxona rasmiylashtiruvini havo kemasining o‘zida amalga oshirish uchun guruh tashkil etish va uni tasdiqlash.

Bojxona xodimlari havo kemasida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga uchib borib kelishida ushbu bojxona xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 30-oktabrdagi 299-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.

  1. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi aholiga “Haj” va “Umra” tadbirlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish hamda noqonuniy yo‘llar bilan ziyoratga borishning oldini olishga doir tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etishi mumkin.
  2. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar o‘zlariga yuklangan “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’uldir.

4-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni ro‘yxatga olish va tegishli yilda kvotaga kiritiladigan fuqarolarning sonini aniqlash. Tadbirlarga yuborish vaqtida qo‘yiladigan qo‘shimcha shartlar

  1. Har yili “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar kvotalari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatlar va Toshkent shahriga — Jamoatchilik kengashi tomonidan, tumanlarga — Hay’atlar tomonidan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga — Tashkiliy guruhlar tomonidan ro‘yxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Jamoatchilik kengashi, hay’atlar va tashkiliy guruhlar kvotalarni belgilashni ziyoratchilarning onlayn navbat tizimiga muvofiq amalga oshiradilar.

  1. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun ariza beruvchi doimiy yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etishi lozim.
  2. Fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun arizasi ularning doimiy yashash joylaridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qo‘yib boriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. 281. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlar navbatga qo‘yilishidan avval ushbu Nizomning 282-bandida nazarda tutilgan talablar asosida ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi va saralanadi.

Buning uchun fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan nomzodlarning alohida ro‘yxati shakllantiriladi. Nomzodlarga ular suhbatdan o‘tkazish va saralash uchun ro‘yxatga qo‘shilganligi hamda suhbatdan o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ining raisi tomonidan xabar beriladi.

Ishchi guruh har oyning 5 sanasidan kech bo‘lmagan muddatda shakllangan ro‘yxat asosida “Haj” tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun nomzodlarni suhbatdan o‘tkazadi va saralaydi.

  1. 282. “Haj” tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
  2. a) nomzod moddiy va jismoniy jihatdan “Haj” tadbiriga qodir bo‘lishi;
  3. b) “Haj” amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etishi uchun yetarli diniy bilimga ega bo‘lishi;
  4. v) nomzod ma’naviyati, ma’rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi;
  5. g) oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda ibrat bo‘la olishi;
  6. d) yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi, mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi;
  7. e) ushbu Nizomning 46-bandi talablariga javob berishi.
  8. 283. Saralash natijasiga ko‘ra “Haj” tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida e’lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif yoki e’tirozlar ishchi guruh tomonidan 5 kun muddatda ko‘rib chiqiladi va tekshiriladi.

Ishchi guruh jamoatchilik fikri asosida fuqaroni “Haj” tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 kun muddatda tavsiya beradi”.

(281 — 283-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

  1. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni ro‘yxatga olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuman (shahar) hokimligi muhri bilan tasdiqlangan, varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan namunaga muvofiq maxsus jurnallarni yuritadi.
  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi arizani qabul qilib olgandan so‘ng ariza beruvchiga ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda ma’lumotnoma berishi shart.
  3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turganlar ro‘yxatini tegishli hududdagi fuqarolarining tanishishi uchun qulay joy (e’lonlar taxtasi)ga doimiy ravishda joylashtirib boradi.
  4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har oyning 5-sanasiga qadar o‘zining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini ziyoratchilarning onlayn navbat tizimida ro‘yxatga olish uchun tashkiliy guruhga taqdim etib boradi.
  5. Har yili “Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan oldin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy guruh kvotani tasdiqlagandan keyin ikki kun mobaynida, ajratilgan kvotaga muvofiq tegishli yilda o‘zining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini navbat bo‘yicha tuzadi hamda imzo va muhr bilan tasdiqlagan holda tashkiliy guruhlarga taqdim etadi.
  6. Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan fuqarolar tashkiliy guruh tomonidan Saudiya Arabistoniga jo‘nashdan kamida bir oy oldin yozma shaklda pochta orqali xabardor qilinadi. Fuqaroning pochta orqali xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat tashkiliy guruhda saqlanadi.
  7. Ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan, biroq ziyoratga bormaydigan yoki ziyoratga borish imkoni bo‘lmagan fuqarolardan bu haqda ariza olinadi.

Ushbu Nizomning 46-bandi to‘rtinchi xatboshiga muvofiq “Haj” va “Umra” tadbirlariga mahrami bilan borishi lozim bo‘lgan ayollarning navbatga yozilgan mahrami ziyoratga bora olmagan taqdirda uning o‘rniga ayolning ushbu Nizomning 46-bandi talablariga javob beradigan boshqa mahrami borishi mumkin.

  1. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun ro‘yxatda turgan fuqaroning o‘z navbati kelganda muayyan sabablarga ko‘ra ziyoratga borish imkoni bo‘lmasa, u ariza bilan navbatini bir yilgacha muddatga orqaga surishi mumkin.

Bir yildan so‘ng ham fuqaroning muayyan sabablarga ko‘ra ziyoratga borish imkoni bo‘lmasa uning navbati bekor qilinadi.

  1. Pochta orqali xabardor qilingan fuqaro ziyoratga oid ishlarni amalga oshirish uchun tashkiliy guruhga murojaat qilmasa, tashkiliy guruh vakili mazkur fuqaroning yashaydigan manziliga borib, fuqaroni yoki uning yaqin qarindoshlarini yoxud u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslarni yozma tarzda xabardor qiladi.

Ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda xabardor qilingan fuqaro tashkiliy guruhga murojaat qilmasa yoki fuqaroning yaqin qarindoshlari yoxud u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslar navbatda turgan fuqaroning muayyan sabablarga ko‘ra ziyoratga bora olmasligini ma’lum qilsa, tashkiliy guruh tomonidan fuqaroning yaqin qarindoshlari yoki u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslar bilan hududdagi fuqarolar yig‘ini raisi va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma tuzilib, mazkur fuqaroning navbati bekor qilinadi.

  1. Xuddi shunday dalolatnoma tashkiliy guruh vakilining fuqaro yashaydigan manzilga borib ariza beruvchini, uning yaqin qarindoshlari yoki u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslarni topa olmagan taqdirda ham tuziladi va fuqaroning navbati bekor qilinadi.
  2. Fuqaroning navbati bekor qilinganda uning o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida undan keyin navbatda turgan fuqaro ziyoratga borish huquqiga ega bo‘ladi hamda bu haqda ushbu fuqaro uch kun mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan yozma tarzda xabardor qilinadi.

Ushbu Nizomga muvofiq navbati bekor qilingan fuqarolar “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga qaytadan yoziladi.

Navbatda turgan fuqarolarning o‘z navbatini o‘zaro almashtirishiga yoki uni ro‘yxatda turmagan fuqarolarga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolinadi.
  2. Tashkiliy guruhlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning ro‘yxati asosida ularni “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib boradilar.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yuritiladigan “Haj” va “Umra” safariga borish istagini bildirgan fuqarolarni qayd etish jurnali hamda tegishli hudud bo‘yicha onlayn navbat tizimiga kiritilgan ziyoratchilarning ro‘yxatining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tashkiliy guruhlarga yuklatiladi.

  1. Tashkiliy guruhlar tegishli yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolardan o‘zlari hisobda turgan tibbiyot muassasalaridan salomatligi, ziyoratga borishga qodir ekanligi haqidagi ma’lumotnomani va rangli fotosuratlarini qabul qilib oladi.

Tashkiliy guruhlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan olingan ro‘yxatlar asosida kvotaga muvofiq tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini hay’atlar kvotani tasdiqlagandan keyin o‘n kun mobaynida umumlashtiradi. Umumlashtirilgan ro‘yxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Mazkur ro‘yxatning birinchi nusxasi elektron varianti bilan birga hay’atlarga taqdim etiladi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi tashkiliy guruhda saqlanadi.

  1. Hay’atlar tashkiliy guruhlardan olingan ro‘yxatlar asosida tegishli yilda o‘zining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini umumlashtiradi va ziyoratchilar pasportlarining amal qilish muddati, chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikeri borligini tekshirish, ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.

Hay’atlar o‘zining hududidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarning ro‘yxatini Jamoatchilik kengashi kvotani tasdiqlagandan keyin yigirma kun mobaynida umumlashtiradi.

Umumlashtirilgan ro‘yxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Hay’atlar mazkur ro‘yxatning birinchi nusxasini elektron varianti bilan birga Jamoatchilik kengashiga taqdim etadi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi hay’atlarda saqlanadi.

  1. Ziyoratchilarni ziyoratga yuborishdan kamida o‘n kun oldin Jamoatchilik kengashi hay’atlardan olingan ro‘yxatlar asosida tegishli yilda respublika miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar ro‘yxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlarga taqsimlaydi, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq barcha ishlarni amalga oshiradi.
  2. Jamoatchilik kengashi va hay’atlar tomonidan ziyorat bilan bog‘liq barcha shart-sharoitlar (ziyorat to‘lovlari, shartlari va muddati) haqida ziyoratchilarga “Haj” tadbiri boshlanishidan kamida bir oy, “Umra” tadbiri boshlanishidan kamida o‘n to‘rt kun oldin ma’lum qilinadi.
  3. Tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha shartlar inobatga olinishi lozim:

Oldingi tahrirga qarang.

“Haj” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro “Haj” tadbiriga bormagan bo‘lishi;

“Umra” tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi ikki yil mobaynida “Umra” yoki so‘nggi besh yil mobaynida “Haj” tadbiriga bormagan bo‘lishi;

(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

“Haj” va “Umra” tadbirlariga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar voyaga etgan bo‘lishi;

“Haj” va “Umra” tadbirlariga 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mahramlari (eri, otasi, o‘g‘li, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borishi hamda mahram ekanligini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etilganligi.

5-bob. Ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan safaroldi uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar

  1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tartibli tashkil qilish, ziyoratchilarning ibodatlari to‘liq bo‘lishi maqsadida Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar va oshpazlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
  2. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari uchun Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar tashkil qilinadi.
  3. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari joylarda ziyoratchilar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarining odoblari, ularni amalga oshirish tartibi, safarga borish-kelish qoidalari, shartlari va talablari haqida uchrashuvlar hamda mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Ziyoratchilarning guruh rahbarlari ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularni doimiy ravishda kuzatib borish va safar davomida ularga amaliy yordam berish uchun mas’uldirlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan yakuniy uchrashuvlar o‘tkaziladi hamda bunda mazkur tashkilotlar vakillari o‘z sohalariga oid tegishli tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar.

6-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarini moliyalashtirish

  1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qoziyoti hamda viloyatlar va Toshkent shahri vakilligi tomonidan banklarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan yig‘iladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash maqsadida maxsus hisobvaraqlar (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) ochiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ziyoratchilardan olinadigan to‘lovlar belgilangan “Haj” va “Umra” mavsumidan kamida ikki oy oldin, bir yo‘la umumiy summani to‘lig‘icha to‘lash yo‘li bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.

To‘lovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochilgan maxsus hisobvaraqlar (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) ochilgan bankning barcha hududiy filiallarida amalga oshirilishi mumkin.

To‘lovlar Hay’atning ishchi organi tomonidan ochilgan maxsus hisobvaraqda to‘planadi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.

“Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

  1. Turli tashkilotlar vakillaridan iborat ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlarning Saudiya Arabistoniga borish-kelishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvarag‘iga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berishning belgilangan tartibiga muvofiq qoplanadi.
  2. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklarining “Haj” va “Umra” masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining xarajatlari, mazkur xodimlarning ish haqlari har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida belgilangan tartibda qoplanadi.
  3. Ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlari ziyoratchilar hisobidan, hay’atlar tomonidan tasdiqlanadigan alohida smetalar asosida qoplanadi.
  4. “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun to‘lovni amalga oshirgan, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra mazkur tadbirlarga bora olmagan yoki bora olmaydigan fuqaroga shaxsan o‘zining arizasi yoki uning nomidan ishonchnomaga asosan harakat qilayotgan shaxsning arizasiga muvofiq to‘langan to‘lovlar to‘laligicha ariza taqdim etilgan paytdan boshlab o‘n ish kunida fuqaro (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.

Fuqaroning vafot etishi munosabati bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun to‘langan to‘lovlar vafot etgan fuqaro qonuniy merosxo‘rining arizasiga asosan merosxo‘r taqdim qilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.

7-bob. Yakunlovchi qoida

  1. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish

SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)

“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

TOShKENT ShAHRI _______________ TUMANI “__________________” MAHALLA FUQAROLAR YIo‘ININING “HAJ” SAFARIGA BORISh ISTAGINI BILDIRGAN FUQAROLARNI QAYD ETISh JURNALI

   

20,5 sm

1-varaq

20,5 sm

2-varaq

1,5

6 sm

5 sm

6,5 sm

1,5

1,5

3 sm

3 sm

3,5 sm

3 sm

5 sm

1,5 sm

29 sm

1,5 sm

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tikiladigan joy

Ro‘yxatga olingan sana

Tug‘ilgan sanasi va yili

Pasport seriyasi

Aloqa uchun telefon

Doimiy yashash manzili

Izoh

1,5 sm

1.

                     

1,5 sm

2.

                     

1,5 sm

3.

                     

1,5 sm

4.

                     

1,5 sm

5.

                     

1,5 sm

6.

                     

1,5 sm

7.

                     

1,5 sm

8.

                     

1,5 sm

9.

                     

1,5 sm

...

                     

“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

TOShKENT ShAHAR _______________ TUMANI “__________________” MAHALLA FUQAROLAR YIo‘ININING “UMRA” SAFARIGA BORISh ISTAGINI BILDIRGAN FUQAROLARNI QAYD ETISh JURNALI

   

20,5 sm

1-varaq

20,5 sm

2-varaq

1,5

6 sm

5 sm

6,5 sm

1,5

1,5

3 sm

3 sm

3,5 sm

3 sm

5 sm

1,5 sm

29 sm

1,5 sm

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tikiladigan joy

Ro‘yxatga olingan sana

Tug‘ilgan sanasi va yili

Pasport seriyasi

Aloqa uchun telefon

Doimiy yashash manzili

Izoh

1,5 sm

1.

                     

1,5 sm

2.

                     

1,5 sm

3.

                     

1,5 sm

4.

                     

1,5 sm

5.

                     

1,5 sm

6.

                     

1,5 sm

7.

                     

1,5 sm

8.

                     

1,5 sm

9.

                     

1,5 sm

...

                     

Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

MA’LUMOTNOMA

Ushbu ma’lumotnoma shu haqda berildiki, __________________ viloyati (shahri) ______________ tumani ________________________ fuqarolar yig‘ini, mazkur fuqarolar yig‘inidagi _____________ ko‘chasi _____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ___________________________________________ 20____ yil _________________ da “Haj” (“Umra”) tadbiriga boruvchilar jurnalida ______________ tartib raqami bilan ro‘yxatga olindi.

Fuqarolar yig‘ini raisi

_____________________________________________
(F.I.Sh.)

________________
(imzo)

 

M.O‘.

           
               

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 480-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)