«ULUG‘ AYYOM KUNLARIDA SAVOBLI ISHLARNI QILISH, BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLISH HAR BIRIMIZNING E’TIBORIMIZDA BO‘LMOG‘I LOZIM» | bagatdistrict.uz

 2023-04-23 12:25:00 105 Chop etish

«ULUG‘ AYYOM KUNLARIDA SAVOBLI ISHLARNI QILISH, BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLISH HAR BIRIMIZNING E’TIBORIMIZDA BO‘LMOG‘I LOZIM»
Sh.Mirziyoyev

O’zbekona mentalitetimizga xos bo’lgan, azal-azaldan muborak hayit kunlarida bemorlarga alohida mehr-muruvvat ko’rsatish, ularning holidan xabar olish, ko’makka muhtoj insonlarni har tamonlama qo’llab-quvatlash insoniylik burchimiz bo’lib kelgan. Bu an’ana mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham uyg’undir.

Bugun Bog’ot tumani hokimi Jahongir Nazarov 1-sektor hududida yashayotgan ijtimoiy holati og’ir nogironlar, yordamga muhtoj oilalar, yakka-yolg’izlar va bemorlar holidan xabar oldi. Ularning xonadonlarida bo’lib, Ramazon hayiti bilan samimiy tabrikladi. Oilalarga tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi!

Bog’ot tumani hokimligi axborot xizmati