Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-05 09:10:00 48 Chop etish

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida bugun O‘zgarish, Hunarmand, Navbahor, O‘zbekiston, Mehnatguli, Yosh o‘smir, Qulonqorabog‘ mahallalari fuqarolari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan taddbirlarda targ‘ibot guruhi vakillari hamda hamkor tashkilotlar, deputatlar, nuroniylar, imom xatiblar, mahalla faollari ishtirok etib, yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali aholiga tushuntirib bermoqdalar.

Aholi tinch va osoyishta yurtimizda o‘tkazilayotgan bunday mazmunli tadbiru go‘zal bayramlarda ma’naviy-ma’rifiy ma’ruzalarni tinglab, kuy-qo‘shiqlar eshitib madaniy dam olayotganlaridan mamnun bo‘lmoqdalar.