Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-03 05:19:00 83 Chop etish

Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni о‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida bugun tumanimizdagi Ortiq Otajonov, Ko‘nabirlashuv, Ustalar, To‘pchi mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar bilan tushunarli shaklda yetkazish, aholining kayfiyatini kо‘tarish,daxldorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda 4-son Musiqa va san’at maktabi tomonidan tayyorlagan bayram dasturi, UrDU pegagogika yo‘nalishi o‘qituvchilari S.Hasanova, Y.Jumaniyazovlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbirda faol qatnashganlar tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Bog‘bekov tomonidan rag‘batlantirildi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati