Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-06 05:13:00 48 Chop etish

Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni о‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida tumanimizdagi Hurriyat, Oq tepa, Beruniy, Paxtaobod, Qorabog‘, Uzumzor, Bog‘iston, Dehqonobod mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar bilan tushunarli shaklda yetkazish, aholining kayfiyatini kо‘tarish,daxldorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda 14-son Musiqa va san’at maktabi tomonidan tayyorlagan chiroyli bayram dasturi, UrDU filologiya yo‘nalishi o‘qituvchisi Salomat Hasanovaning ma’ruzasi, ayniqsa doirachilarning jamoaviy chiqishi barchaga manzur bo‘ldi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati