Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-11 06:05:00 50 Chop etish

14 YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN HARBIYLARGA YANGI UY- JOYLARNING KALITLARI TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9203-harbiy qism 5-Qalajiqqal’a chegara qo‘riqlash vzvodi harbiylari uchun qurilgan ko‘p qavatli uylarni ochilishida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qurolli kuchlarni isloh qilishda, shu jumladan harbiy xizmatchilarni samarali xizmat qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida katta e’tibor qaratilmoqda.

Chegaralarimizning daxlsizligi, yurtimiz tinchligi, halqimiz osoyishtaligini qo‘riqlashda sharafli vazifani ado etib kelayotganlar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

Bog‘ot tumanidagi harbiy xizmatchilari uchun foydalanishga topshirilgan jami 16 ta xonadondan iborat 2 ta ko‘p qavatli uylar chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi. Yangi uylarning keng va yorug‘ xonadonlarida barcha shart-sharoitlar muhayyo, bolalar uchun alohida maydoncha ham barpo etilgan. Tadbirda tuman hokimi harbiy xizmatchilar, askar, serjantlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, harbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, vatanimiz tinchligi yo‘lidagi sharafli ishlariga omadlar tiladi.

Harbiylar va ularning turmush o‘rtoqlari yaratilgan sharoitlardan quvonib, Prezidentimizga minnatdorlik izhor etishdi.

 

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati