3-DEKABR-XALQARO NOGIRONLAR KUNI | bagatdistrict.uz

 2023-12-04 09:36:00 93 Chop etish

 

3-DEKABR-XALQARO NOGIRONLAR KUNI

«HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!»

«O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47-3-sonli qaroriga asosan har yili «3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

Serquyosh yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridayoq aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Ro‘zmetovlar «3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan tumandagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olishdi. Tumanimizdagi mehrga muhtoj, bemorligi sababli yuraolmay qolgan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari yetkazib berildi. «Namuna» mahallasida yashovchi 75 yoshni qarshilayotgan Xoljon ona Saidabdullaeva insult kasali sababidan to‘shakka mixlanib qolgan. Bugungi tuman hokimining yo‘qlovi onaxonni quvontirdi. Keksalarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdor bo‘lgan onaxon yurtimiz tinchligini tilab duolar qildi.

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati