Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-04-15 22:05:00 21 Chop etish

Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining tuman bosqichiga start berildi. Tadbirda qatnashgan sektor rahbarlari mazkur turnirning yildan-yilga yoshlar oʻrtasida ommalashib borayotganini taʼkidladi hamda ishtirokchilarga omad tiladilar.

Yoshlar oʻrtasida sportni keng ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida oʻtkazilib kelinayotgan mazkur turnirning qur’a tashlash marosimidan keyin tadbir ishtirokchilari uchun gala-konsert namoyish etildi.