Bogʻot tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida kredit olib, toʻlovlarni oʻz vaqtida qaytarmagan qarzdorning garovdagi mulki sotuvga qoʻyildi | bagatdistrict.uz

 2024-05-03 09:43:00 23 Chop etish

Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi “Milliy bank” AJ foydasiga qarzdorlar “B.G” MCHJ va “N.G.” xususiy korxonasidan solidar tartibda 571,6 mln soʻm kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan sherik javobgar Sh.M. ga tegishli boʻlgan Bogʻot tumani, Qulonqorabogʻ qishlogʻida joylashgan umumiy yer maydoni 994 kvadrat metr, qurilish osti maydoni 727,74 kvadrat metr, foydali maydoni 658,45 kvadrat metr boʻlgan maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi bino va inshootlariga qaratish belgilangan.

Shunga ko’ra, MIBning Bogʻot tumani boʻlimi tomonidan garovdagi maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi bino va inshootlari xatlandi. Hozirda mazkur bino-inshootlar 412,5 mln soʻm boshlangʻich narx bilan “E-auksion” platformasi orqali savdoga chiqarilgan.