Rasmiy munosabat | bagatdistrict.uz

 2024-02-24 11:40:00 49 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bogʻot tumanining chekka hududlaridan biri Telman mahallasida yashovchi aholi 5 km uzoqlikdagi maktabga farzandlarini yuborish uchun avtobus yoʻqligi va piyodalar doimiy qatnovchi koʻprik xavfli holatga kelib qolgani, tuman hokimligi ushbu muammoni hal qilish boʻyicha vaʼdasini bajarmayapti” mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bogʻot tuman yoʻllardan foydalanish korxona davlat muassasasi tomonidan oʻrganildi. Unga koʻra, aniqlanishicha, Xorazm viloyati Bogʻot tumani Qulanqarabogʻ mahallasidagi Telman elatidagi maktab oʻquvchilarining 5 kilometr uzoqlikdagi 8-son maktabga borib kelishilarida qiyinchiliklari boʻyicha bir qancha fuqarolar nomidan murojaatlar kelib tushgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, ushbu yoʻl Bogʻot tuman yoʻllardan foydalanish korxona davlat muassasasiga qarashli mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan 4k 957 “Sabirzan k- Qulonqorobogʻ k- Urganch-Xazorasp” avtomobil yoʻli boʻlib, 8-son maktabga olib boradigan qismining jami uzunligi 1,8 kilometrni tashkil qiladi. Unga koʻra, 2023-yilda 2 kilometr uzunlikda yangidan asfaltbeton qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi. Ushbu murojaatda koʻrsatilgan 1,8 kilometr qismini taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabr 330-sonli qaroriga asosan “Mening yoʻlim” davlat dasturi orqali hamda joriy taʼmirlash mablagʻlari hisobidan taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilamiz.