Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-06-05 12:26:00 119 Chop etish

Bir murojaat izidan

Inson qadr-qimmati va manfaati har narsadan ustun albatta. Yurtimizdagi barcha tashkilot va muassasalarda fuqarolar murojaatlariga tegishlicha yechim topiladi. tomonidan murojaatlar ijobiy yechimini topmoqda.
Shu jumladan Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan ham doimiy tartibda fuqarolar murojaatlari vakolat doirasida ijobiy hal qilinmoqda.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Paxtaobod” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.A ning uch yildan buyon yura olmasligi, nogironlik aravachasiga mixlanib qolganligi, shu sababli nogironlik belgilanishida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
Tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan 18.05.2023-yilda fuqaroga umrbod muddatga I guruh nogironligi belgilanishi ta’minlandi.


Bog‘ot tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i S.Sh.Qaladarov