Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-05-25 05:26:00 107 Chop etish

BOG‘OT TUMANI HOKIMI 36- SON MAKTABDA “ILMNI QADRLANG, ILMGA INTILING!” SHIORI OSTIDA BO‘LIB O‘TGAN “SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda tuman rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi va ezgu tilaklarini bildirdi.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi maktabning bitiruvchi yoshlari bilan muloqot qildi hamda maktab kutubxonadiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qildi. Tadbirda eng faol ustozlarga, a’lochi o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga tuman hokimi tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI