Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov bugun faxriylar xonodonida bo'ldi. | bagatdistrict.uz

 2023-05-09 09:53:00 124 Chop etish

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov bugun faxriylar xonodonida bo‘lib, ular bilan dildan suhbatlashdi.

Olim-agranom, “Dilshod” fermer xo‘jaligi rahbari Ibodulla ota Iskandarov tuman hokimi tashrifidan mamnun bo‘lib, yurtimiz tinchligini va xonadonlarimiz obodligini tilab, daryolarimiz suvlarga to‘lsin, bu yil dehqonlar yili bo‘lsin deya duolar qildi.

Faxriylar hokim bilan suhbat davomida davlatimiz rahbarining yoshi ulug‘larga bo‘lgan cheksiz e’tiborini qalban his qilayotganliklarini bildirishdi.