Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-12-28 10:55:00 53 Chop etish

Inson hayoti sinovlarga, sir- sinoatlarga to‘la...

Bog‘otlik Rustamjon juda yosh vaqtida ota- onasi kasallik sababli erta bu dunyoni tark etishadi va u bolaligidan xolasining qaramog‘ida qoladi.

Bugun Rustamjonnning quvonchlari olam-olam. Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov Rustamjonga yangi uy kalitini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va   Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan  ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Bobojonov Rustam Qurbonboy o‘g‘liga yangi xonadon sovg‘a qilindi. Suhbat davomida davlatimiz g‘amxo‘rligidan minnatdor bo‘lgan Rustam, kelajakda albatta, Prezidentimizning ishonchini oqlashini bildirdi.

 

 

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati