Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-07-29 11:00:00 185 Chop etish

BOG‘OTDA YAHGI 2023-2024 O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK QANDAY KETAYABDI?

Bogʻot tumani hokimi J.Nazarov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i J.Iskandarovlar maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, muassasalarda umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, muassasalarda obodonlashtirish ishlarining olib borilishi yangi o‘quv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlarni kuzatdilar.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalarining loyiha matni muhokama qilinib, rahbarlarning bu boradagi takliflari tinglandi.

Shuningdek tumanidagi 25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatlari misolida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildilar.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati