BOG‘OTLIK ELDOSHLARIMIZ TABARRUK HAJ ZIYORATIGA YO‘L OLDILAR | bagatdistrict.uz

 2023-06-16 09:45:00 125 Chop etish

BOG‘OTLIK ELDOSHLARIMIZ TABARRUK HAJ ZIYORATIGA YO‘L OLDILAR

Har bir mo‘min inson umri davomida muqaddas makonlarda, ikki Haramda ulkan ajrlarni qo‘lga kiritib, Arafotda turib, Safo va Marva tepaliklarida sa’y qilishni orzu etadi.

Bugun Bog‘ot tumanidan 87 nafar nuroniylarimizni tabarruk Haj ziyoratiga tuman hokimi Jahongir Nazarov, tuman prokurori A.Ruzmetov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedovlar ziyoratchilarning oila a’zolari bilan birgalikda kuzatib qo‘ydilar.

Bugun hojilarning dastlabki karvoni muqaddas manzillarga yo‘l olishdi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati