BOG‘OTLIK YOSHLARGA EKIN YERLARI AJRATIB BERISH JARAYONI BOSHLANDI | bagatdistrict.uz

 2024-02-28 10:08:00 79 Chop etish

Bog‘ot tumanidagi Namuna mahallasida ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, oilalariga qo'shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida 25 sotixdan ekin yer maydonlari ajratilib berish ishlari boshlab yuborildi.

Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligida sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etib yoshlar bilan suhbatlashdilar. Hokim yoshlarning kelgusi rejalari haqida so‘rab, ularning takliflarini ham eshitdi. Tadbirda yoshlar yer bilan tillashib, umrini dehqonchilikka bag‘ishlagan nuroniylarning maslahatlari tinglashdi.

Ma'lumot uchun joriy yilda Bog‘ot tumani bo'icha jami 240 gektar hosildor yerlarni ishsiz, kam ta'minlangan va ehtiyojmand 1 200 nafar yoshlarga ajratib berish rejalashtirilgan.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati