Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. | bagatdistrict.uz

 2023-11-09 09:25:00 132 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Yuzma-yuz muloqotda 23 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular orasida salomatlikni tiklash, moddiy yordam, uy-joy, elektr ta'minoti, tadbirkorlik boshlash uchun yer olish, kredit olish singari masalalar aksariyatni tashkil etdi.

Qabul davomida fuqarolarni qiynagan savollarga tuman rahbari batafsil  javob berib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi. Tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Nurmetov, tegishli hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tijorat banklari boshqaruvchilari ishtirok etib, fuqarolarning savol va murojaatlarini hal etishga ko‘maklashdilar.

Yechimi qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etuvchi masalalarga muddat belgilanib, hokim nazoratiga olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati