Bugun respublikamizda Bosh qomusimizning 31 yilligi keng nishonlanmoqda. | bagatdistrict.uz

 2023-12-08 03:20:00 52 Chop etish

Aziz yurtdoshlar!

Bugun respublikamizda Bosh qomusimizning 31 yilligi keng nishonlanmoqda.

Barchangizni 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz -mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolatidir.

Jamiyatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlar, islohotlar inson qadri uchun,kelajak avlodlarimizning istiqboli uchun tashlanayotgan qadamlarimizda Qomusimiz ham kuch,ham qudratimiz, ham ishonch bo'lib xizmat qilmoqda.

Yurtimiz ravnaqi yo'lidagi sharafli faoliyatingiz, ezgu ishlaringiz va tashabbuslaringizda ulkan zafarlar tilayman. Oilangizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va baxt-saodat  yor bo'lsin. Vatanimiz tinchligiga aslo ko'z tegmasin.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov

 

 

 

Bog‘ot tuman hokimligi axborot xizmati