Bog‘ot tumanida chigit ekishga kirishildi | bagatdistrict.uz

 2024-03-26 12:17:00 52 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumanida chigit ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi xodimlarining dala sharoitida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari oʻtkazildi.

Qalajiqqal’a mahalla hududida oʻtgan tadbirda dastlab yuqori hosildor chigit va qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari, kimyoviy oʻgʻitlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi koʻzdan kechirildi.

Shundan so‘ng ekish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish borasida sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar, tajribali mutaxassislarning maslahatlari tinglanib, nuroniy otaxonlarning duosi bilan yerga urugʻ qadash ishlari boshlab yuborildi.

Maʼlumot uchun, bu yil Bog‘ot tumanida 6 500 gektar maydonga chigit ekiladi.