Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar muhokama qilindi | bagatdistrict.uz

 2024-02-23 09:50:00 49 Chop etish

 

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini takomillashtirish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan edi.

Bugun oʻtkazilgan davra suhbatida mazkur dastur doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar muhokama qilindi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari S. Xo`janiyozov, masʼul idora-tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, ekspertlar, jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok qildi.

Davra suhbati davomida shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini ta'minlash, xo‘jalik va boshqa faoliyatning atrof muhitga yetkazadigan zararli ta'siriga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik holatni yaxshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, soʻz yuritganlar shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida qilinishi lozim boʻlgan ishlarga toʻxtaldi.