O'zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishga ko'mak beradigan onlayn platforma ishga tushirildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-19 17:58:00 25 Chop etish

Shvetsiyaning “Nordic Technology&Innovation AB” kompaniyasi tomonidan joriy yil 1-mart sanasidan boshlab o‘zbek mahalliy ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishga ko‘mak beradigan Asiaexport platformasi test rejimida ishga tushirildi.

Mazkur sayt orqali mahalliy eksportyorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropadagi hamkorlar bilan shartnoma tuzish hamda shaxsiy kabinetlari orqali savdo jarayonlari va to‘lovlarini kuzatib borishlari mumkin bo‘lib, bugungi kunda mazkur platforma xizmatlaridan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.