Xalqaro fan olimpiadasi g'olibi va uning ustozi taqdirlandi | bagatdistrict.uz

 2024-04-05 02:03:00 29 Chop etish

Yaqinda Turkmanistonda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o’tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida bog‘otlik o‘quvchi Egamberdiyev Maqsadbek oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Tuman hokimi Jahongir Nazarov Maqsadbek va uning ustozlarini erishilgan ulkan g‘alaba bilan yana bir bor muborakbod etib, bugungi kunda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar xususida to‘xtaldi hamda ularni munosib taqdirladi.