HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT - E’TIBORDA | bagatdistrict.uz

 2023-05-04 09:25:00 127 Chop etish

HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT - E’TIBORDA

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “Ma’naviyat” MFY hududidagi 47-son ixtisoslashtirilgan maktabning faollar zalida fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha 34 ta murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatlarning 6 tasi ish bilan ta’minlash, 8 tasi moddiy yordam ajratish, 6 tasi uy-joy bilan ta’minlash, 1 tasi to‘lov kontraktini to‘lash, 6 tasi sog‘liqni saqlash, 2 tasi kadastr, 2 tasi yo‘llarni ta’mirlashga, 2 tasi uy-joyni ta’mirlashga yordam berish va 1 tasi oqar suv masalalariga taalluqli bo‘lib, ularning 7 tasi joyida qanoatlantirildi, 5 ta masalaga huquqiy tushuntirish berildi, muddat talab etayotgan masalalar ijroga qaratildi.

Bog‘ot tumani hokimligi
axborot xizmati