Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-12-29 03:33:00 56 Chop etish

Bog‘ot tumanida uy- joy qurilishi ishlarini sifatli bajarish va tez kunlar ichida yakunlash vazifalari bugunning dolzarb masalasiga aylangani bejiz emas.

Tuman rahbari «Oq tepa» mahallasida «Kenjabek Diyorbek» MCHJ tomonidan 5 qavatli 20 xonadonga mo‘ljallab qurilayotgan turar joy qurilishi ishlarini nazorat qildi va qurilish korxonasi rahbari Qudrat Ro‘zmetov bilan suhbatlashdi.

Ayni kunda tuman hokimi Jahongir Nazarov Bog‘otning yangi qiyofaga kirishini ta’minlash maqsadida injener- quruvchilar bilan suhbatlar jarayonida, har bir qurilish tashkilotiga muammolarni tez kunda bartaraf etish, qurilish ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati