Hokim va yoshlar uchrashuvi | bagatdistrict.uz

 2024-05-04 12:10:00 29 Chop etish

Bugun Bog‘zor mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning ishga joylashish, kredit, ta’lim olish, subsidiya, tadbirkorlik va dehqonchilik uchun yer maydoni ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, har bir murojaat alohida nazoratga olindi hamda tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.