Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-04 02:55:00 88 Chop etish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

- Yoshga oid nafaqa;
- Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi;
- O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
- Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
- 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
- Kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
- Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
- Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
- Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).

Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga  murojaat qilishlari mumkin ekanligini ma’lum qilamiz.

- Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining manzillari 

- Urganch shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

- Xiva shahr "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Bog'ot tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Gurlan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Qo'shko'pir tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Urganch tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Hazorasp tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Xiva tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Xonqa tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Shovot tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Yangiariq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Yangibozor tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 

- Tuproqqal'a tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi