INSON - AZIZ, XOTIRA-MUQADDAS | bagatdistrict.uz

 2023-05-09 10:05:00 127 Chop etish

INSON - AZIZ, XOTIRA-MUQADDAS

Yurtimizning barcha go'shalarida bo'lgani kabi Bog‘ot tumanida 9 may-Xotira va Qadrlash kuni tadbiri o'tkazildi.

Tuman markazida bunyod etilgan "Xotira maydoni"ga sektor rahbarlari, tuman hokimligi vakillari,davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari yig'ilishdi.

Tadbir davomida tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligida Xotira maydonida qad rostlagan "MOTAMSARO ONA" haykali poyiga guldastalar qo'yilib, Ikkinchi jahon urishida halok bo'lgan vatandoshlarimiz ruhiga hurmat bajo keltirildi

Albatta, urushning achchiq zarbalariga dosh bergan, buyuk g'alabaga ulkan hissa qo'shgan ozodlik va erk kurashchilari, yurtning asl qahramonlarini e'zozlash, ulardan ibrat va namuna olish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Bog‘ot tumani hokimligi Matbuot xizmati