INSON QADRI UCHUN | bagatdistrict.uz

 2023-12-14 04:53:00 118 Chop etish

Davlatimiz rahbarining «Xalqimiz bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi» degan so‘zlarini har bir davlat idoralarida mehnat qilayotgan mutasaddi rahbarlar o‘zlariga dasturilamal qilib faoliyat yuritayotganidan va davlat idoralari xalqimizga sidqidildan xizmat qilayotganidan aholi mamnun bo‘lmoqda.

Bugun Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik R.Sultanxodjaev tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida "Hurriyat" mahallasida joylashgan 14-son bolalar musiqa va san’at maktabi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Yaqinlashib kelayotgan Yangi 2024 yil bayramlari arafasida bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Sultonxodjaev,  Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov bilan birgalikda yoshlarga va xotin-qizlarga tikuv mashinalari, poyabzal tikish mashinalari hamda bayram sovg‘alarini topshirdilar.

 









 

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati