Bog‘ot tumanida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” madaniy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-30 01:25:00 32 Chop etish

Bog‘ot tumanida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” madaniy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Muloqot shaklida o‘tgan ijodiy uchrashuvda kinoijodkorlar oʻzbek kinosida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘z hayotiy kechinmalari, kino va teatrdagi faoliyati davomidagi ijod namunalari hamda undagi voqealar haqida misollar keltirishdi. Shuningdek, tadbir davomida bog‘otliklar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qildilar.

Elimiz suygan ijodkorlar va xalq o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlardan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga "Evrilish" filmi namoyish qilindi.