Bog‘ot tumanida g‘o‘zani kultivatsiya qilish boshlandi | bagatdistrict.uz

 2024-04-15 16:55:00 19 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumanida g‘o‘zani birinchi kultivatsiya qilish bo‘yicha dala sharoitida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari oʻtkazildi. Unda tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, fermer xo‘jaliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlari, mutaxassislar va nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar.

Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar, tajribali mutaxassislarning g‘o‘za nihollarini to‘liq undirib olish, ularning o‘sib-rivojlanishini tezlashtirish, paxta maydonlarini begona o‘tlardan tozalashda ekin qator oralari tuproqlarini to‘liq va sifatli yumshatish bo‘yicha maslahatlari tinglanib, nuroniy otaxonlarning duosi bilan birinchi kultivatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil hosili uchun Bog‘ot tumanida 6 500 gektar maydonga chigit qadalgan.