Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni keng nishonlandi | bagatdistrict.uz

 2024-04-15 18:20:00 21 Chop etish

Bugun, 15-aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiriga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan faollar taklif etildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning Xorazm madaniyati va sanʼatini rivojlantirish hamda dunyoga targʻib etishdagi fidokorona mehnatlarini eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng, faoliyati davomida madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini oshirish borasida fidokorona mehnati, yoshlarning musiqa va san’at yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy iste’dodlarini yuzaga chiqarishdagi qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir guruh madaniyat xodimlari tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.