Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | bagatdistrict.uz

 2023-05-02 12:25:00 142 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani hokimligi binosida tuman prokurorining o‘rinbosari Umrbek Abdullayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92- sonli Qarori ijrosini ta’minlash,yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ko‘rsatilgan amaliy-huquqiy yordam natijalaridan kelib chiqib, yoshlarni “qizil” toifadan “yashil” toifaga o‘tkazish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarida yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari va mas’ul xodimlar qatnashdi. Bugun seminarda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari O.Matniyazovning axboroti tinglandi.

Tuman prokurori o‘rinbosari tomonidan “qizil” toifaga tushib qolgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularni “qizil” toifadan chiqarish yuzadidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI