Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga! | bagatdistrict.uz

 2024-04-13 10:15:00 31 Chop etish

Joriy yilning 17-aprel kuni soat 10:00 da Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Bog‘ot tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida barcha xohlovchi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok qilishlari mumkin.

Manzil: Bog‘ot tumani hokimligi binosi.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni +998930531137 telefon raqami orqali bildirishingiz mumkin.