Seminar o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-20 12:25:00 16 Chop etish

Davlatimiz rahbarining "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Mikrokreditbank” ATB Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti direktori o'rinbosari M.Rajapov, Bog'ot tumani hokimining birinchi o'rinbosari Umid Yoqubov, “Mikrokreditbank” ATB Bog'ot BXM boshqaruvchisi M.Quryozovlar ishtirokida hokim yordamchilari va tegishli soha vakillari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

Muloqotda Prezident qarorining maqsadi va mohiyati, kreditlar ajratish jarayonlari, oilaviy tadbirkorlikka oid qaror va farmoyishlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, ijtimoiy kreditlarning muammoli kreditlarini kamaytirishda hokim yordamchilari uchun kredit risklarini baholash masalalarida tushuntirishlar berildi.